22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Bilasizmi?
28 Oktyabr  2019 433

Saratonga chalingan britaniyalik o‘limdan bir necha soat oldin uylandi

Britaniyaning Nortgempton shahar kasalxonasida (Nortgemptonshir grafligi) o‘pka saratonidan vafot etgan bemor uchun nikoh tashkil etildi, deya yozadi «Daily Mail».

Iyul oyida u o‘zini yomon his qilgan va juda tez vazn yo‘qota boshlagan. Sentyabr oyida unda o‘pka saratonining so‘nggi bosqichi aniqlangan.

«Geri bu haqda bilganida, uylangan odam bo‘lib o‘lishni xohlashini aytdi. Biz hali buning ham mavrida keladi, deb o‘ylardik, lekin umidlar puchga chiqdi. O‘tgan juma kuni shifoxonadagilar bizga uning vaqti juda oz qolganini aytishdi va marosimni tashkil etishga yordam berishdi. U qasamyod qilib, barmog‘imga uzuk taqdi va mendan bo‘sa oldi...» deydi uning bevasi. Ayol erining palatasiga qarindoshlari va yaqinlaridan 25 kishi qatnashganini ham qo‘shimcha qildi.

Endigina 33 yoshga kirgan kuyov esa to‘ydan yetti soat o‘tib, vafot etdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech