22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Sport
29 Iyul  2019 487

Sardor Rashidov Portugaliya klubidan ketdi

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Portugaliyaning “Nasonal” klubini tark etdi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli futbolchi Qatarning “Qatar SK” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Hozircha uning qancha muddatga shartnoma imzolaganiga oydinlik kiritilmadi. Rashidov yangi jamoasida 7-raqamlida futbolkada to‘p suradi.

Qatarliklar klubi hozirda Ispaniyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rashidov bugun Ispaniyaga uchadi va yig‘inga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Rashidov 2015-2017-yillarda Qatarning yana bir klubi “Al-Jaish” safida o‘ynagan edi. 2017-2019-yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p surgandi.

2019-yil 16-yanvarida Portugaliya chempionati vakili bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan futbolchi 16-fevral kuni “Feyrensi” klubiga qarshi uchrashuvda hyet-trikka erishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech