01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Hukumat
10 Mart  2020 631

Sardor Umurzoqov Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda

Bosh vazir Abdulla Aripov taqdimnomasiga binoan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning nomzodi Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tavsiya etildi.

Parlament quyi palatasida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Sardor Umurzoqov nomzodini ko‘rib chiqdi.

Nomzod deputatlar tomonidan ma'qullangan va endi u prezidentning lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarori bilan rasman hukumat a'zosiga aylanishi mumkin.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech