21 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Voqea-hodisalar
23 Iyun  2020 1073

Saudiya xorijliklar uchun Haj ziyoratini bekor qildi

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat sabab joriy yil faqat Podshohlikda boʻlib turgan cheklangan sonli musulmonlar amalga oshirishi oshirishiga ruxsat bergan.

“Koronavirus pandemiyasi va bu virusning koʻp sonli insonlar toʻplanganda keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavfini inobatga olib, hijriy 1441-yilda (2020-yil) Haj ziyorati Podshohlikda boʻlib turgan cheklangan sonli turli millat vakillari ishtirokida amalga oshiriladi”, deyilgan Haj va Umra boʻyicha vazirligi xabarida.

Makka hududi koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib borayotgani sababli hamon mustaqil harakatlanish uchun yopiq, deb xabar beradi RIA «Novosti».

Saudiya Arabistoni arab davlatlari orasida koronavirusga chalinish boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi. Mamlakatda 161 mingdan ortiq insonda virus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon 1 ming 307 kishi vafot etgan va 105 ming kishi sogʻaygan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech