17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Bilasizmi?
27 Avgust  2019 534

Saudiya Arabistoni rekordchi attraksionlar parkini quradi

Saudiya Arabistonida ochilishi 2023-yilga mo‘ljallangan Six Flags Qiddiya ko‘ngilochar bog‘ida «rekordchi attraksionlar» quriladi. Dushanba kuni Ar-Riyod shahrida  bo‘lib o‘tgan marosimda ushbu noyob loyiha Six Flags kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

Kompaniya «Lochin parvozi» deb nomlangan dunyodagi eng uzun, eng baland va eng tezkor harakatlanuvchi attraksioni shuningdek, dunyodagi eng baland erkin qulash attraksioni «Sirokko minorasi» haqida qisqacha ma’lumot berdi. 32 gektar maydonni egallaydigan bog‘da jami oltita tematik zonaga bo‘lingan 28 ta attraksion quriladi.

Kompaniya Ar-Riyod yaqinida tashkil etiladigan Qiddiya ko‘ngilochar shahrida joylashgan tematik parkning dizayn loyihasini taqdim etdi. Qiddiya – bu Saudiya Arabistoni hukumatining megaloyihasidir. Uning qurilishi o‘tgan yil aprel oyida boshlangan va 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech