21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Transport
16 Sentyabr  2019 1807

1-oktyabrdan yo‘l jamg‘aramasi uchun 3 foizli to‘lovni ishlab chiqaruvchi to‘laydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan 2019-yilning 1-oktyabridan e'tiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangandi, deb xabar qiladi UzAuto Motors AJ matbuot xizmati.

Mazkur o‘zgarish o‘z navbatida xaridorlar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda xaridorlar avval Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak bo‘ladi. Shu bilan xaridorlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz majburiy yig‘im olinmaydi.

Aytish joizki, UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e'tiboran QQS to‘lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirildi hamda avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirildi, deyiladi xabarda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech