26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
18 May  2020 717

Sogʻayganlar soni 2 275 nafarga yetdi

Bugun ikki viloyatda 28 nafar bemor sogʻaygani haqida xushxabar keldi.

Namanganda 7 nafar, Samarqandda 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2 275 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida sogʻayganlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda boʻlsa, eng kichigi 15 yosh.

Namanganda shu paytga qadar sogʻayganlar soni 214 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.

Samarqandda shu paytga qadar sogʻayganlar soni 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 275 nafarni tashkil qiladi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech