25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Bilasizmi?
2 May  2019 816

Yer aholisi ko‘rsatkichi 7,7 milliard kishidan oshib ketdi

Ayni damda ushbu ko‘rsatkich 7 700 200 000 kishidan ziyod.

Qiyosan olganda sayyora aholisining 50,4 foizini erkaklar, 49,6 foizini ayollar tashkil etadi.

«Aholi sonining bir milliardga yetishi uchun insoniyatga 200 ming yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan (1800 yillar), ammo 7 milliardga yetishi uchun 200 yilcha vaqt ketdi», deya keltiradi manba. Aholi zich yashaydigan davlatlar uchtaligida Xitoy birinchi o‘rinda, Hindiston – ikkinchi va AQSh uchlikni yakunlab beradi.

BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining Nufus bo‘yicha bo‘limi ma'lumotiga qaraganda, bugun o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 1990-1995-yillarda 65 gacha, 2010-2015-yillarga 70 yoshga qadar uzaygan. To‘g‘ri, bu borada sayyoramizning turli hududlardagi ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Masalan, Afrika mintaqasida o‘rtacha umr ko‘rish umumdunyo ko‘rsatkichidan 12 yoshga kam bo‘lsa, Shimoliy Amerikaning muqobil ko‘rsatkichidan 21 yoshga kamligi bilan farq qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech