01 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,2 °C

Mamlakatimizda
6 Dekabr  2019 1504

«Scopus Award – 2019»: O‘zbekistonning eng kuchli olimlari taqdirlandi

Bugun, 6-dekabr kuni “Zarafshon” konsert zalida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarni taqdirlash  «Scopus Award–2019» marosimi bo‘ldi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etdi.

«Scopus Award–2019» taqdirlash marosimida 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olim va tadqiqotchi, 6 ta oliy ta'lim muassasasi va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, 2018-yil 23-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi o‘rtasida respublika OTMlarini  dunyoning yetakchi universitetlari  reytingiga kiritish bo‘yicha «Ilm-fan – 2020» millliy rivojlanish dasturi imzolangan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech