23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
24 May  2019 904

Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi izoh berdi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan masala yuzasidan voqyea joyiga chiqib, yog‘och uylarning buzilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi va muddatdan oldin demontaj ishlari boshlanganligi haqidagi ma'lumotga izoh kiritdi.

5-uy 7-xonadon egasi Usmon Mo‘minovga buzilayotgan 3 xonali uy-joyi o‘rniga umumiy maydoni kattaroq bo‘lgan 28 ta  ko‘p qavatli uyning yuqori qavatlaridan xonadonlar taklif etilgan. Biroq, rafiqasi diabet kasaliga yo‘liqqani sababli u pastki qavatlardan 3 xonali uy so‘ramoqda. Ikki kun davomida Mo‘minovlar oilasi o‘zlari tanlagan yangi uyga ko‘chishadi.

22-uy, 6-xonadon egasi Otabek Niyozaliev eski, yong‘in xavfli yuqori bo‘lgan yog‘och uylardan qulay sharoitli, sifatli, yangi uylarga ko‘chayotganidan xursandligini bildirdi. Lekin unga ko‘chishdan oldin yangi uyga egalik xuquqini ta'minlaydigan hujjatni taqdim etishlarini so‘ramoqda. Mas'ullar tez orada bu muammo hal etilishini aytishdi.

Shuningdek, hokimiyat tomonidan fuqarolar yashab turgan uyda muddatdan oldin demontaj ishlarini boshlab yuborgan mutasaddi shaxslarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi.

Hozirgi kunda yog‘ochli uylarda istiqomat qilgan 32 oiladan 29 tasi qulay, sifatli va maydoni kattaroq bo‘lgan uylarga ko‘chirildi. Yangi qurilgan uylarga qo‘chirilgan 18 nafar xonadon egalarida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan imzolangan kafolat xati mavjud.

Bir yarim oy muddat ichida ushbu oilalarga ham mulk xuquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech