23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Salomatlik
22 Aprel  2019 884

Seul milliy universiteti rektori o‘zbekistonlik talabalar bilan birga operatsiya o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Koreyaning Seul milliy universiteti rektori Song Ju Xo boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat stomatologiya institutiga bo‘ldi.

Rektor Song Ju Xo institutning doktorantlar, magistrlar, klinikalar va talabalari uchun ma’ruzalar o‘qidi. Shuningdek, rektor stomatologiya va protezlarni o‘tkazish, yuz-jag‘ sohasida institut xodimlari va talabalari bilan birgalikda bir nechta operatsiyalar o‘tkazdi.

Koreyalik professor bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiyalar o‘zaro tajriba almashishga xizmat qilgan bo‘lsa, yurtimizda shu sohada ta’lim olayotgan mutaxassislar uchun malakaviy amaliyot vazifasini ham o‘tadi.

Nufuzli xorijlik ekspertlarning oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va amaliyot mashg‘ulotlariga jalb qilinishi soha xodimlari hamda talabalar uchun xorijiy ilg‘or tajribalar va innovatsion ta’lim texnologiyalar bilan tanishish imkonini bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech