23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
3 May  2019 1020

Shaharsozlik qoidalarini buzganlik uchun fuqarolarga ham jarima belgilandi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun fuqarolarga ham eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan (1 mln 13 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima jazosi belgilandi. Ilgari faqat mansabdor shaxslar uchun javobgarlik mavjud edi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Shuningdek, binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 20 baravaridan (4 mln 54 ming 600 so‘mdan) 30 baravarigacha (6 mln 81 ming 900 so‘mgacha) jarima jazosi kiritildi.

Endilikda, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilish ishlarini olib borish:

- fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 70 baravaridan (14 mln 191 ming 100 so‘mdan) 100 baravarigacha (20 mln 273 ming so‘mgacha);

- mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming so‘mdan) 150 baravarigacha (30 mln 409 ming 500 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida bo‘lmagan haydovchilarning transportni boshqarishi ham eng kam ish haqining bir baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech