22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
26 Dekabr  2018 2620

O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon chempionini mag‘lub etdi

Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha jahonning amaldagi chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Mazkur partiya Sankt-Peterburgda rapid va blits bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tdi.

22-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan Karlsen donasidan ajrab qolishi mumkin edi, ammo uning o‘rniga farzinni boy berdi. Vatandoshimiz esa yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, raqibini 36-yurishda mag‘lubiyatni tan olishga majbur etdi.

Boshqa partiyalarda Nodirbek Yoqubov Stanislav Novikov bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov ispaniyalik Lopes Ivan Salgadoga imkoniyatni boy berdi.

Ushbu shaxmatchilarimiz Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan Umumjahon shaxmat Olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgandi va Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobillarini qabul qilishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech