18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17 °C

Sport
29 Mart  2019 1241

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 26-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Ayni paytga kelib uning ushbu jangdagi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.

 

Bokschimizning ma’lum qilishicha, uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech