30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
20 May  2020 287

Shamol elektr stansiyalari quriladi

Shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha birinchi tenderda ishtirok etish uchun 70 ta investor ariza berdi.

30 ta mamlakatdan 70 kompaniya va konsorsiumlar Oʻzbekistonda quvvati 100 MVt ga teng boʻlgan birinchi shamol elektr stansiyasi (SHES) qurilishida ishtirok etish uchun ariza berdi. Arizalar shu yilning 13-mayigacha qabul qilindi.

Mustaqil elektr energiya ishlab chiqaruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi qoshidagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi tomonidan loyihada ishtirok etishga taklif qilindi.

Tender gʻoliblari ushbu loyiha doirasida obyektlarni ishlab chiqish, moliyalash, qurish, ularga egalik qilish va foydalanishga ishtirok etadi.

Shamol energetika loyihasi boʻyicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida amalga oshiriladi. Bundan koʻzlangan maqsad umumiy quvvati 1 GVt. ga teng shamol elektr stansiyalarini qurishdir.

Ushbu shamol elektr stansiyalarini va tegishli infratuzilmani qurish uchun maydoncha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidan tanlangan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech