21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Ijtimoiy hayot
7 May  2019 1146

“Sharaf lentasi” tarqatish tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 25 apreldan boshlab “Sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Shu kunga qadar o‘tkazilgan tadbirlarda 200 mingga yaqin lentalar tarqatildi.

Bugun, 7 may kuni A.S.Pushkin nomidagi maydonda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Sharaf lentasi”ni tarqatish tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan musiqalar, O‘zbek drama teatri jamoasining ikkinchi jahon urushi yillaridagi voqealarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, Milliy madaniy markazlarning chiqishlari, sportchilar va Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilarining jangavor ko‘rinishlari yig‘ilganlarda bayramona kayfiyat uyg‘otdi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech