14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Hukumat
1 Iyun  2019 1699
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev: Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanidagi «Sarkor» fermer xo‘jaligi dalasida paxta va g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi. Toshkent viloyatida 2019-2020-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari fermerlar, qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Keyingi yillarda paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga yetkazilgani bu sohada inqilob bo‘lgani ta’kidlandi.

– Biz qishloq xo‘jaligida ilm, innovatsiyalarni qo‘llamaganimiz uchun yerni «charchatib», unumdorlikni yo‘qotib qo‘ydik. Shuning uchun qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi, – dedi Prezident.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech