18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,3 °C

Xalqaro munosabatlar
29 Noyabr  2019 1107
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Toshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech