07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 394

Shaxmatchilar Murmanskda «qamalib» qolishdi

Rossiyaning Murmansk shahriga xalqaro turnirda ishtirok etish uchun kelgan fransiyalik shaxmatchilar koronavirus tufayli karantinga olindi. Bu haqda «Reyter» axborot agentligi xabar bergan.

Faranglar jamoasi 12-martda Murmanskka yetib kelgan. Ular musobaqa dasturiga ko‘ra Rossiya, Niderlandiya va Irlandiya terma jamoalari bilan uchrashishlari kerak edi. Afsuski, irlandiyalik ishtirokchida kasallik aniqlanganligi sababli barcha o‘yinlar bekor qilindi.

Ayni payt fransuzlar Murmansk shifoxonalaridan birida saqlanyapti. Rossiyada 27-mart, juma kuni barcha xalqaro qatnovlar to‘xtatilganligi bois, ular vataniga qayta olishmayapti. Jamoa vakillaridan birining ta'kidlashicha, sportchi va murabbiylar yaqin orada mamlakat Moskva shahriga yetib olishni mo‘ljallashyapti. Har holda, poytaxtda Fransiya elchixonasida yashab turishlari mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech