03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Xavfsizlik
15 May  2020 701

Shaxsiy tintuv videokuzatuv ostida

Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarining muhofazasi tobora kuchaytirib borilyapti.

2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʻRQ-617-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart.

Shuningdek, shaxsni ushlash, shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish protsessual harakatlari ham endilikda videoyozuv orqali qayd etilishi shart boʻladi.

Bundan tashqari, shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan protsessual majburlov chorasi va shaxs ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida uning yaqinlariga darhol xabar berilishi shartligi belgilandi.

(ilgari 24 soatdan kechiktirmasdan xabar berilishi shart boʻlgan)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech