10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Xalqaro hamkorlik
27 May  2020 667

SHHT sammiti boshqa muddatga koʻchirildi

Iyul oyiga moʻljallangan SHHT sammiti koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa muddatga koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

TASS agentligining xabariga koʻra, sammitning yangi muddati SHHT tarkibidagi davlatlarda va jahonda epidemiologik holatning keyingi rivojlanishiga qarab belgilanadi.

2001-yil 15-iyunda tashkil topgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bugungi kunda 8ta aʼzo-mamlakatni (Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston), hamda 3ta kuzatuvchi mamlakatni, shuningdek SHTH muzokaralari boʻyicha hamkor-davlatlarni oʻzida birlashtiradi. Tashkilot tarkibidagi mamlakatlarning umumiy aholi soni sayyoramiz aholisining yarmini tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech