23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Xavfsizlik
23 Avgust  2019 366

Shifokorni yoqib yubormoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon shahrida shifokorga qilingan tajovuz, ya'ni fuqaro shifokorni xonasiga qamab yoqib yubormoqchi bo‘lgan voqea bo‘yicha IIV rasmiy ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, 21-avgust kuni soat 10.00 larda Xonobod shaharida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955-yilda tug‘ilgan I.A.ni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, uni Andijon shahrida joylashgan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelib, onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lgan va bo‘lim mudiri bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech