07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Transport
16 Mart  2020 406

Qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

«Toshkent» avtovokzalidan shaharlararo yo‘nalishlarda yana qo‘shimcha avtobuslar qatnovi joriy etiladi.

«Toshkent» avtovokzalidan kuniga shaharlararo 17 ta yo‘nalish bo‘yicha 35 ta qatnov orqali 1 800 nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, yo‘lovchilar oqimining birdan ortishi sabab 15-martdan «Uzautotrans service» koroxonasi yana qo‘shimcha 35 ta qatnovni yo‘lga qo‘ydi. Jami 70 ta qatnov orqali hozirda 4 000 ga yaqin yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.     

Xabaringiz bor, 16-martdan barcha ta’lim muassasalarida muddatdan oldin ta’til elon qilindi va o‘qishlar to‘xtatiladi.

Respublikamiz viloyatlariga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «Toshkent» avtovokzali 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda «Toshkent» avtovokzalidan shaharlararo yo‘nalishlarda yana qo‘shimcha avtobuslar qatnovi joriy etiladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech