08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Xalqaro munosabatlar
12 Noyabr  2019 531

Shinjon palatasi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida ko‘rgazma o‘tkazilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Kichik biznes jihozlari va buyumlari” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada beton bloklar, maysazor plitalari, qurilish materiallari, qadoqlash materiallari, elektr jihozlari, tibbiy asboblar, plastmassa, to‘qimachilik, shuningdek qishloq xo‘jaligi, logistika, mashinasozlik kabi turli sohalarda ishlaydigan Xitoyning 40 dan ziyod yetakchi kompaniyalari va 100 dan ortiq mahaliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma domrasida oziq-ovqat va qadoqlash, qurilish va qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, to‘qimachilik, kiyim-kechak va poyabzal, transport xizmatlari, konsalting xizmatlari, kimyo sanoati, sog‘liqni saqlash mahsulotlari, metall tarmoqlarni sotish, energetika, po‘lat konstruksiyalari va boshqa ko‘plab sohalarga oid mahsulot va texnologiyalar namoyish etilmoqda. 

Tashrif buyurganlar, mahsulotlar va yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma'lumot olishi, ishlab chiqaruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “V2V” yig‘ilishlarida kompaniya vakillari bilan muloqot qilib yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi va norasmiy muhitda qiziqishlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ko‘rgazma 14-noyabrga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech