27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,9 °C

Sport
23 May  2019 615

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi “Zorro”ga qarshi bo‘ladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) 9-iyun kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

GoSport.uz internet-nashri bergan xabarga ko‘ra, shu kuni Shohjahonga puerto-rikalik Danielito Sorriyya (11-0, 9 KO) raqiblik qiladi. “Zorro” laqabli mazkur bokschi sobiq boks yulduzi Migel Kottoga qarashli promouterlik kompaniyasi vakili sanaladi.

Jang 9-iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shohjahon Ergashev so‘nggi marta fevral oyida amerikalik Maykl Foksga (20-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech