27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Agrosеktor
19 Aprel  2019 1023

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (327-son, 17.04.2019 y.)

Qaror bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Filialning asosiy vazifasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yukori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.

Qaror bilan 2019-2021-yillarda Filialni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida sholichilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar jahon andozalari asosida o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech