26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Yashil sayyora
28 Iyun  2020 901

Shoʻrlangan yerlarni jilovlash yoʻlida

Orolboʻyida yerlarning unumdorligini oshirish va zamonaviy iqlim oʻzgarishlarini kuzatish markazi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Tottori universiteti professori Kristina Toderich hamkorligida “SATREPS – 2020” (Yaponiya) tanloviga taqdim etilgan loyiha moliyalashtirishga tasdiqlandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Ushbu loyiha Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (JST) tomonidan tanlab olingan 10 ta xalqaro loyihadan eng yaxshi loyiha deb topilgan.

“Orolboʻyi mintaqasida tuproqning shoʻrlanishiga qarshi kurash, yerning unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan Kioto universiteti professori Kenji Tanaka va doktor Temur Xoʻjanazarov hamda Yaponiyaning yetakchi 8 ta universiteti olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan.

Taʼkidlash joiz, SATREPS dasturi Oʻzbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi.

Ushbu loyihada Orolboʻyi mintaqasida yerlarning unumdorligini oshirish va zamonaviy iqlim oʻzgarishlarini kuzatish markazini tashkil etish, meteorologik monitoringlar olib borish, shuningdek shoʻrlangan sharoitda qishloq xoʻjaligiga yangi yapon texnologiyalarini joriy etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish koʻzda tutilgan.

Loyiha kuchli shoʻrlangan sharoitda ekinlarni diversifikatsiya qilish va almashlab ekishning eng yaxshi mahalliy va yapon texnologiyalarini kengaytirishga, qoʻshilgan qiymatni baholash va tayyor qishloq xoʻjaligi mahsulotlari marketingini olib borishga yoʻnaltirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech