18 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Moliya
3 Iyul  2019 600

Facebook 2 million yevro jarimaga tortildi

Jarimaga tortish Germaniya Federal adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.

Buning sababi 2018-yilda noqonuniy kontent bilan ishlash to‘g‘risidagi hisobotni nashr etishda tarmoqni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzishdir, deya xabar beradi «Welt» ma'lumotiga tayangan RBK.

Boshqarmada «foydalanuvchilarning noqonuniy kontent borasidagi shikoyatlari qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishi kerak», deya  bunga izoh berilgan.

Germaniya nashrlari ijtimoiy tarmoq noqonuniy kontent borasidagi shikoyatlar sonini kamaytirib ko‘rsatgani haqidagi ma'lumotni tarqatgan.

Vakilining so‘zlariga qaraganda, kompaniya apellyasiya berish huquqini o‘zida saqlab qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech