19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Xavfsizlik
12 Iyul  2019 2513

Yangiliklarni o‘qimaydiganlar jazolanyaptimi?

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, poytaxt trassalariga o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan kameralar birinchi kundayoq haydovchilar tomonidan 3.27 «To‘xtash taqiqlanadi» yo‘l belgisini 782 marta e'tiborsiz qoldirganini qayd etdi.

Ilgariroq aytganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-6-moddasi bilan ushbu qoidabuzarlikni sodir etganlik uchun EKIHning 3 baravari (608 190 so‘m) miqdorida jarima nazarda tutilgan.

Natijalarni hisoblash qiyin emas – bu taxminan yarim milliardga yetadi. Bu omadmi yoki haydovchilarning asosiy qismi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini mensimaslikning ochiq-oydin tan olinishimi?

Darvoqye, IIBB vaqt o‘tishi bilan bunday kameralarni shaharning boshqa «muammoli» nuqtalarida o‘rnatishni va'da qilmoqda. Qiziq, jarima to‘lovlari ortib boradimi? Har qanday holatda ham YHXB uchun qoidabuzarliklar sonini kamaytirish manfaatli va ular har bir murojaatda haydovchilardan boshqa yo‘l foydalanuvchilarining huquqlarini hurmat qilishlarini so‘rashadi.

centre1.com surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech