07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Sanoat
19 Fevral  2020 1083

Sifat ko‘rsatkichi metall buyumning muhim omili

2020-yil 17-fevralda 89-sonli hukumatning «Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qo‘llash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyundan boshlab sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir to‘piga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan sifat to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinishi kerak.

Adliya vazirligi matbuot xizamtining bergan xabariga ko‘ra, Sifat to‘g‘risidagi hujjat texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladi.

Bunda, ishlab chiqaruvchilarda tegishli ishlab chiqarish laboratoriyasi bo‘lmasa, metall prokatini boshqa sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.

2020-yil 1-aprelgacha sifati belgilangan talablariga muvofiq bo‘lgan metall prokati va qurilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar reestri shakllantiriladi va e'lon qilinadi, reestr har yili yangilab boriladi.

2020-yil 1-iyundan boshlab induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlanadi.

Bunda, qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda induksion pechlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Qarorga ko‘ra, xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikatsiyalash faqat akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, ob’ektlarning sanoat xavfsizligi, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi, texnik reglamentlarga va standartlarning majburiy talablariga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech