21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
9 Iyul  2019 534

Sifatsiz mahsulotlarning puli qaytarildi

Qachonki o‘z huquqimizni anglab, uni zarur pallalarda himoya qilmas ekanmiz, jamiyat ham, o‘zimiz ham rivojlanmaymiz.

Bugun Respublikamizning turli hududlarida yashovchi yurtdoshlarimizni iste'molchi sifatida  buzilgan  huquqlarini tiklash masalasini ko‘tarishayotganini o‘zi katta yutuq.

G‘ijduvon shahrida yashovchi Hafiza Islomova mahalliy «Stroy lyuks» MChJdan norozi bo‘lib, Prezident portaliga murojaat qilgan. U  joriy yilning 7-iyun kuni «Stroy lyuks» MChJ savdo do‘konidan qurilish-ta'mirlash mollarini xarid qilganini, uyiga borib ulardan foydalanmoqchi bo‘lganida esa sifatsizligi ma'lum bo‘lganini aytadi.  Hafiza Islomova o‘sha kuniyoq do‘konga qaytib kelib, ushbu sifatsiz mahsulotlarni boshqasiga almashtirib yoki pulini qaytarib berishni so‘raydi. Ammo do‘kon xodimlari bunga ko‘nmaydi. U esa bundan qattiq norozi bo‘ladi. Yakunda  uning ushbu  murojaati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi mutasaddilari tomonidan o‘rganilib, iste'molchi to‘liq haq ekanligi aniqlandi.

Federatsiya xodimlarining aralashuvi bilan tadbirkor sotgan tovarlarni qaytarib oldi va iste'molchiga 3 181 000  so‘m puli to‘liq qaytarib olib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech