10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
7 Fevral  2020 1028

Singapur turizm sohasidagi ishonchli hamkorimiz

Bugun poytaxt hokimligida Singapur delegatsiyasining biznes-federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Formula One Furniche» kompaniyasining boshqaruvchi direktori Shalini Kamal Sharma, «Shatec Institutes» instituti direktorining vazifasini bajaruvchi Sho Lim Djin (Viktor) hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentining boshlig‘i Sanjar Tojiev hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Uchrashuv jarayonida Sanjar Tojiev mehmonlarni mamlakatning turistik salohiyati bilan tanishtirdi, poytaxtda turizm sohasida, xususan, mehmonxona biznesi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarni taqdim qildi. Singapurning bu yo‘nalishdagi katta tajribasi va yutuqlarini e'tirof etib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan taklif bildirdi. Muloqot jarayonida tomonlar bu masalani atroflicha muhokama qildilar. Uchrashuvda malakali mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati alohida ta'kidlanib, «Shatec Institutes» instituti direktorining vazifasini bajaruvchi Sho Lim Djin (Viktor) o‘zbek hamkasblari bilan hamkorlik qilishga hamda mehmonxona va restoran biznesi sohasida malaka oshirish treninglarini tashkil etishga xohish bildirdi.

Shuningdek, «Formula One Furniche» kompaniyasi bilan ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu kompaniya mehmonxona tarmoqlari uchun mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarning to‘liq ko‘lamini taqdim qiluvchi dunyodagi yagona kompaniyadir.

Tomonlarning hamkorlik yuzasidan muloqoti davom etadi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech