05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

investitsiyalar
10 Fevral  2020 1814

Singapur yurtimiz kimyo va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda faol

2020-yil 7-fevralda Energetika vazirligida Singapur Respublikasining savdo va sanoat bo‘yicha katta davlat vaziri Kun Ko Po boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Singapur Respublikasining mamlkatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Zulfiqli Baxaruddin ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomonidan muzokaralarda shuningdek «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati a'zolari ham ishtirok etdilar.
Tomonlar Singapur kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Xususan, hozirgi paytda «Indorama» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJ ni yanada modernizatsiya qilish va mavjud quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi davom ettirilmoqda. Singapur kompaniyasining investitsiyaviy majburiyatlari 67 million dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda superfosfat ishlab chiqarish quvvatlarini 350 ming tonnaga yetkazish, ikkinchi bosqichda – zavod tomonidan o‘g‘itlarning yangi turlarini ishlab chiqarish konsepsiyasini tayyorlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, «Indorama» kompaniyasi paxtachilik-to‘qimachilik sohasiga faol investitsiyalar yo‘naltirmoqda va boshqa istiqbolli loyihalarda ishtirok etish masalalarini ishlab chiqmoqda.
Singapur tomoni Singapur xususiy sektorining yurtimizda quyosh elektrstansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdorligini ta'kidladi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasida energetika va kimyo tarmog‘idagi istiqbolli loyihalarni, xususiylashtirish ob’ektlarini o‘rganish, shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shu jumladan, Singapur tajribasidan foydalangan holda, tashqi bozorda sotish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech