27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Ijtimoiy hayot
20 Mart  2020 1752

Sinovli kundagi saxovat

Bugun shifokorlarimiz «Biz siz uchun ishda qoldik, Siz biz uchun uyda qoling» deb nomlangan o‘ziga xos chellenj boshlagani haqida yozgan edik.  Ushbu chellenj ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko‘pchilik yurtdoshlarimizni ham ta'sirlantirgani rost.

Bu voqyeadan ruhlanganlar orasida «Havoqand People» kompaniyalar guruhi asoschisi («Les Ailes», «Chopar Pizza» restoranlar tarmog‘i)  Ahmad Meliboev ham bor va u o‘ziga xos tashabbus bilan chiqdi.

Bugundan boshlab 1-aprelga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi shtabi, Call-markazi va ushbu infeksiyaga chalinganlikda gumon qilingan bemorlar davolash muassasalarida tunu kun mehnat qilayotgan shifokorlar uchun «Les Ailes», «Chopar» restoranlaridan bepul ovqatlar yetkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Ahmad akaning aytishicha, uning jamoasi aholi salomatligi uchun kurashayotgan shifokorlarga ko‘makka tayyor va ularga nonushta, tushlik hamda kechki ovqatlar ular istagan vaqtda yetkazib beriladi, deb xabar beradi Koronavirusinfo.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech