07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,6 °C

Energetika
31 Yanvar  2020 1221

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi yangilanadi

Rossiyaning «Silovie mashini» OAJ kompaniyasi tomonidan joriy yilda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining beshinchi va oltinchi energobloklari modernizatsiya qilinadi.

Bu haqda Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilingan edi.

Modernizatsiya hisobiga energobloklarning samaradorligi oshishi kutilmoqda. Shuningdek, har bir energoblokning quvvati 325 MVt ga yetkaziladi, 1 kVt/s energiya ishlab chiqarish uchun esa shartli yoqilg‘i sarfi 40 grammga qisqaradi. Bu yiliga 180 million kub metr tabiiy gaz tejash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: 2019-yilda uchinchi va to‘rtinchi energobloklarda modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Buning natijasida ikkita energoblokning quvvati 650 MVtga yetkazildi. Mazkur energobloklarning yillik elektr energiya ishlab chiqarish quvvati amalda 3,0 dan 3,7 milliard kVt/soatgacha oshirildi, shartli yoqilg‘i sarfi esa 47 grammga qisqardi.

Ikkita energoblokning modernizatsiya ishlari mart oyida boshlanib, noyabr oyida to‘liq yakunlanadi va energobloklar to‘la quvvatda ishlay boshlaydi. Xozirgi kunda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech