21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Mamlakatimizda
3 Oktyabr  2019 881

Sirdaryo viloyati ta'lim sifati bo‘yicha namunali hududga aylantiriladi

Joriy yilning 16-sentabr kuni Davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ta'lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.

Mazkur vazifaning ijrosini ta'minlash maqsadida 2019-yil 2-oktabr kuni Sirdaryo viloyat hokimligida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov raisligida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Tashkenbaev, Davlat test markazi direktori Majid Karimov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojievlardan iborat Respublika ishchi guruhining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda birinchi navbatda viloyatda mavjud 309 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning moddiy-texnika bazasi ahvolini o‘rganish, maktab direktorlarining menejerlik qobiliyatlari va bilimlari, 13 ming nafardan ortiq fan metodistlari va o‘qituvchilar hamda 9 ming nafarga yaqin o‘quvchilarning bilim darajalarini aniqlagan holda viloyat xalq ta'limi tizimining bugungi kundagi real holatini baholash vazifasi atroflicha muhokama qilindi.

 Shu maqsadda Davlat test markazi tomonidan viloyatdagi xalq ta'limi boshqaruvi organlari xodimlari va maktab direktorlarining rahbarlik qobiliyati, metodist va o‘qituvchilarning tegishli fan bo‘yicha bilimlarini test sinovidan o‘tkazish hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan maktab o‘quvchilarining bilim darajasini yozma ishlar orqali o‘rganish belgilab olindi.

O‘rganish natijalari har tomonlama tahlil qilinib, ular asosida har bir maktab, tuman (shahar) kesimida hamda viloyat va Respublika darajasida Sirdaryo viloyatida ta'lim sifatini oshirish yuzasidan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

Sirdaryo viloyati umumta'lim muassasalarini o‘rganish davomida ta'lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim noqulayliklarni o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari to‘g‘ri tushunishiga umid bildiramiz, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech