10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
6 Fevral  2020 850

Sirdaryo viloyatida mehmonxona biznesi takomillashmoqda

Sirdaryo viloyatida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi hamkorligida mehmonxonalar rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Sirdaryo viloyatidagi mehmonxonalarda xizmat sifatini yaxshilash, yangi mehmonxonalarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Otelerlar  assotsiatsiyasi faoliyatiga doir taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Unda Assotsiatsiyaning maqsadi va vazifalari hamda rejalari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Xususan, Assotsiatsiyaning mahalliy mehmonxonalar sanoatini rivojlantirishda, mehmonxona xizmati sifatini yaxshilash va kengaytirish bilan bog‘liq ishlarda, mehmonxona sohasida xalqaro va milliy dasturlarlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, bir so‘z bilan aytganda, mehmonxonalar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida so‘z bordi. O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiya raisi Farangiz Abdullaevaning ta’kidlashicha, Sirdaryo viloyati O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi Ishchi guruhining dastlabki yo‘nalishi hisoblanadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech