25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2020 455

Sirdaryo viloyatida narxlar qanday?

Aholining talabi yuqori bo‘lgan, un, o‘simlik yog‘i, kartoshka va boshqa sabzavotlarning narxlarida o‘zgarish bormi?

Asossiz oshirish holatlariga yo‘l qo‘yilganmi? Bu borada aholining kayfiyati qanday?

Shu kabi savollarga javob topish maqsadida viloyat markazidagi va chekka hududlardagi savdo nuqtalariga tashrif buyurdik hamda mavjud holatni o‘rganishga harakat qildik, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati DSB matbuot xizmati. 

Guliston shahrining Markaziy dehqon bozorida har doimgidek mo‘tadil jarayon. Rastalar sabzavot mahsulotlar bilan to‘la. Sarosimada ularni qoplab harid qilayotgan xaridorlar ko‘rinmaydi. Un, yog‘, guruch, tuxum va shu kabi mahsulotlar ham do‘konda yetarli darajada, navbatda turganlar ko‘rinmaydi.

 Sayxunobod tumani dehqon bozori va «Sayxun Planet» savdo majmuasida zaruriy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘kin-sochin. Ro‘zg‘or uchun nimaiki kerak bo‘lsa barchasi mavjud. Narxlar mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin e’lon qilinmasdan avval qanday bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ham shunday. Navbatda turib xarid qilish holatlari ham kuzatilmaydi. Kartoshkaning narxi 3 500 so‘mdan sotilmoqda.

Yangier shahar dehqon bozorida mahsulotlarning taqchilligi sezilmaydi. Asossiz mish-mishlarga berilib, narxlarni sun'iy oshirish holatlari kuzatilmaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keragicha xarid qilsangiz bo‘ladi, hyech qanday cheklov yoki taqchillik mavjud emas. Bozorda xaridorlar odatdagidan kam.

Sardoba tumani «Paxtaobod dehqon bozori» da ahvol qandy? Sardoba tumani viloyat markazidan eng olisda joylashgan tumanlardan biridir. Bu yerdagi Dehqon bozori katta emas. Lekin to‘kin-sochinlikda markaz bozorlaridan qolishmaydi. Mazkur bozorda ham xaridorlar deyarli ko‘p emas. Narxlarning oshganligi kuzatilmaydi.

Bozordagi qishloq mahsulotlarining 2-aprel kuni kuzatilayotgan narx-navosi:

1 kilogramm kartoshka – 3 000-4 000 so‘m;

1 kilogramm piyoz – 1 500-2 500 so‘m;

1 kilogramm sabzi – 1 000-1 500 so‘m;

1 dona tuxum – 550-800 so‘m;

1 kilogramm guruch – 5 000-12 000 so‘m.

 Aytish joiz, barcha bozorlarda kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar dehqonlar tomonidan muntazam olib kelinmoqda, bozorning o‘zida tashkil etilgan zaxirani ishlatishga hojat yo‘q, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati Sirdaryo viloyat DSB matbuot xizmati xabariga tayanib.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech