14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Xavfsizlik
12 Iyul  2019 954

Sirdaryoda avtobus ag‘darilib ketib, yo‘lovchilar jabr ko‘rdi

11-iyul kuni soat 11:00larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida “Guliston karvon trans servis” MChJ haydovchisi 51 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus Yangihayot MFY hududidan o‘tuvchi “Dushanbe-Toshkent” yo‘lida ketayotib boshqaruv yo‘qotilganligi sababli yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, avtobusda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli “Spark” rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligini bildirgan.

Natijada avtobusda bo‘lgan ikki nafar ayol yo‘lovchilar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, qolgan 18 nafar yo‘lovchilarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech