07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Moliya
3 Dekabr  2019 403

Mastercard egalari HUMO terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin

Milliy banklararo protsessing mrakazi (MBPM) butun O‘zbekiston bo‘ylab Mastercard kartalaridan to‘lovlarni kabul qilishni ishga tushirdi. Bu haqda MBPM Mastercard xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda HUMO tizimidagi Mastercard xalqaro kartalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan press-brifing ma'lum qilindi.

2019-yilning dekabridan boshlab MBPM Mastercard xalqaro to‘lov tizimini integratsiyaladi. Endi Mastercard kartalarining egalari butun O‘zbekiston

bo‘ylab HUMO terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Mastercard bilan barcha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunlab, uni HUMO tizimiga biriktirdik. Viz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga ko‘maklashadigan xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam», – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Ilgari Mastercard kartalarini qabul kiladigan 800 dan ortiq bankomat ishga tushirilganligi xabar qilingan edi. Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 170 000 dan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz to‘lashlari mumkin. Merchant/sotuvchilardan olinadigan komissiya umumiy gulov summasining 1%, karta egalaridan esa 1,5%ni tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech