30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Turizm
4 Mart  2020 5828

Sayyohlar uchun navigatsiya tizimi muhim

«Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan sayyohlar uchun maxsus belgilar joriy qilindi.  

Qoyaga chiqish va kemping uchun mo‘ljallangan joylarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan maxsus belgilar joriy etildi.  

Qoyaga chiqish bilan shug‘ullanish va chodirlarni o‘rnatish (kemping)ga mo‘ljallangan joylarga tegishli belgilar o‘rnatilishi ko‘pdan beri dolzarb edi. Shu munosabat bilan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan Oʻz DSt 3331:2018 «Turizm xizmatlari. Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari. Umumiy talablar» davlat standartiga o‘zgartirish kiritildi. Standartga navigatsiya tizimining ikkita qo‘shimcha axborot belgilari kiritildi.

 «Kemping uchun joy» belgisi kemping joylashgan joyni ko‘rsatadi. Mazkur belgi magistrallar, avtomobil yo‘llari, shuningdek turizm xaritalari va yo‘l ko‘rsatkichlari, navigatsiya taxtachalari, tarqatma-axborot nashrlari, yo‘nalishni aniqlash posterlarida qo‘llaniladi.

«Qoyaga chiqish joyi» belgisi o‘z navbatida qoyaga chiqish bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan tog‘larning joylashgan joyiga ishora qiladi. Ushbu belgini turizm ob’ektlari hududi, turizm xaritalari va yo‘l ko‘rsatkichlari, navigatsiya taxtachalari, tarqatma-axborot nashrlari, yo‘nalishni aniqlash posterlarida qo‘llash mumkin.  

Mazkur navigatsiya va yo‘nalish tizimi sayyohlarning ko‘zlangan manzillariga oson yetib borishi uchun qo‘llaniladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech