02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Transport
21 Fevral  2020 1492

50 foizga arzonlashtirilgan aviachiptalar

 «Uzbekistan Airways» kompaniyasi «Navro‘z» bayramiga ylovchilar uchun munosib sovg‘a tayyorladi.

 Bunda «Navro‘z» bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chiptalar 50 foiz arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Ushbu holat 2020-yil 21-23-mart kunlari amalga oshiriladigan ichki reyslar uchun harakatda bo‘ladi. Bunda narxlar:

-  alohida yo‘lovchilar uchun 30 foizga;

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, talabalar va O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ va boshqa tizimdagi o‘rta maxsus bilim yurti o‘quvchilari, uchun 40 foizga;

- ikki va undan ortiq (er va xotin, ota-onalar va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari yoki ota-onalardan biri va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari) uchun 50 foizga;

-nafaqadagilar uchun 50 foizga;

- nogironlar uchun 50 foizga;

- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 50 foizga;

- ordenlar, hamda «Fidokorona mehnati uchun» va «1941-1945-yillardagi urush ortidagi Fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun»  medallari sohiblari uchun 50 foizga;

- Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar uchun 50 foizga arzonlashtirilgan.

Chiptalar barcha O‘zbekiston va chet el fuqarolari uchun bir xilda arzonlashtirilgan narxda sotiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech