25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,4 °C

Salomatlik
1 Iyun  2020 744

Sogʻayganlar 11 yoshdan 71 yoshgacha

Uchta hududdan 22 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2 859 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari 50 va 47 yoshli ayollar, 1 nafari esa 28 yoshli erkak.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda.

Shunday qilib, Toshkent shahrida jami sogʻayganlar 1 120 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatidan sogʻayganlarning 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda.

Andijon viloyatida tuzalgan bemor 22 yoshli ayol boʻlib, endilikda viloyatda sogʻayganlar soni 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2 859 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech