07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
4 Iyun  2020 517

Sogʻayganlar 3 000 nafardan oshdi

Namangan va Samarqandda 21 nafar, Navoiyda 42 nafar Toshkentda 43 nafar bemor tuzalib, yurtimizda sogʻayganlar soni 3 000 nafardan oshdi.

Namanganda 4 nafar, Samarqandda esa 17 nafar, Navoiyda 42 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda jami kasallik qayd etilganlar 260 nafar boʻlib, endilikda shundan 251 nafari tuzaldi. Ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud boʻlishga ancha yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.

Samarqand endilikda 309 nafari sogʻaydi.

Navoiyda 42 nafar bemor tuzalib, viloyatda soʻnggi ikki kun ichida 84 nafar bemor sogʻaydi

Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018-yil tugʻilgan.

Navoiyda ayni paytda 96 nafari sogʻaygan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tugʻruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasidan sogʻayganlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 50 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

3-sonli tugʻruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol).

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1170 nafar bemor sogʻaygan.

Shunday qilib, bugun 106 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 3 014 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech