05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,9 °C

Salomatlik
29 May  2020 349

Sogʻayganlar orasida chet el fuqarolari ham bor

Toshkentda sogʻayganlar soni 1 000 nafardan oshdi, ular orasida Qozogʻiston va Tojikiston fuqarolari ham bor.

Bugun Toshkentda 22 nafar, Samarqandda 7 nafar, Qoraqalpogʻistonda 5 nafar jami 34 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizning Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tugʻilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalgan 6 nafar bemorning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi esa 19 yoshda.

Toshkentda endilikda sogʻayib chiqqan bemorlar soni 1 019 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi 2020-yilda tugʻilgan chaqaloq.

Samarqandda endilikda sogʻayganlar soni 265 nafarga yetdi.

Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlar 5 nafar bemorning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 43,yoshi kichigi esa 35 yoshda.

Qoraqalpogʻistonda shu paytga qadar 122 nafar bemor sogʻayib chiqdi. Hozirda shifokorlarimiz ushbu hududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 2 728 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech