13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Salomatlik
28 May  2020 359

Sogʻayganlar soni 2 700 ga yaqinlashdi

Toshkentda 17 nafar, Andijon va Samarqandda 9 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2 700 nafarga yaqinlashdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 21 yoshda. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.

Toshkentda shu paytga qadar 997 nafar bemor sogʻaygan.

Andijonda 5 nafar, Samarqandda 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 36 yoshda boʻlsa, yoshi kichigi 2019-yilda tugʻilgan chaqaloq.

Andijonda ayni paytga qadar 174 nafar bemor sogʻaygan.

Samarqandda shifo topganlarning 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 36 yoshda.

Samarqandda ayni paytga qadar 258 nafar bemor sogʻaygan.

Shunday qilib, bugun 26 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 694 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech