13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Salomatlik
30 Iyun  2020 267

Sogʻayganlar soni 5 500 ga yaqinlashdi

Bugun yurtimizdagi turli tibbiyot muassasalarida 167 nafar bemor sogʻaydi.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tugʻruq majmuasida 4 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 41 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19dan 3 234 nafar bemor sogʻaydi.

Surxondaryo viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻlganlar soni 65 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida esa COVID-19dan tuzalganlarning soni 490 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida koronavirusdan sogʻayganlar soni 281 nafarni tashkil qilmoqda.

Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forigʻ boʻldi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 496 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech