15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
3 Iyul  2020 413

Sogʻayganlar soni 6 000 nafardan oshdi

Bugun uchta hududdan 187 nafar bemor sogʻayib, yurtimiz boʻyicha jami sogʻayganlar soni 6 ming nafardan oshdi.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar, shuningdek, Navoiyda 12 nafar, Qashqadaryoda 45 nafar, jami 187 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3 625 nafar bemor sogʻaydi.

Navoiyda esa COVID-19dan tuzalganlarning soni 252 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasidan jami 119 nafar bemor sogʻaydi.

Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor COVID-19dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 6 034 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech