29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Salomatlik
12 May  2020 585

Sogʻayganlar soni bugun yana 30 nafarga oshdi

Toshkent, Xorazm va Namanganda 30 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar soni 2 040 nafarga yetdi.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazmda 18 nafar va Namanganda 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib, bugunning oʻzida 52 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 2 040 nafarni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 2 519 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 469 nafar bemor davolanyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech