27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
15 May  2020 637

Sogʻayganlarning kichigi 3 yashar qizaloq

Bugun Namanganda 5 nafar, Samarqandda 15 nafar, Qoraqalpogʻistonda 2 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor.

Namanganda tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar boʻlib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Namanganda shu paytga qadar 207 nafar bemor sogʻayib chiqqan.

Samarqand tuzalganlarning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Samarqandda shu paytga qadar 144 nafar bemor sogʻaygan.

Qoraqalpogʻistonda tuzalganlarning biri 35 yoshli, ikkinchisi esa 36 yoshli erkak.

Qoraqalpogʻistonda shu paytga qadar 112 nafar bemor sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2 158 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech